05 fev 10:40
Yangiliklar
"Manchester Siti"da Gvardiola davri yakunlanishi mumkin: qaror mavsum so'ngida qabul qilinadi
Manba malumotiga ko'ra, ayni paytda "shaharliklar" safida mutaxassisning kelajagi borasida malum bir noaniqlik saqlanib qolmoqda. Qayd etilishicha, yakuniy qaror mavsum yakuniga yaqin qabul qilinadi. SHuningdek, agar ispaniyalik murabbiy dastlabki qaroriga o'zgartish kiritib, jamoada qolishga qaror qilsa ham, 2027 yilgacha amal qiladigan amaldagi shartnomasini uzaytirishi ehtimoli kam ekani takidlangan.
Hozirgi vaqtda "Manchester Siti" Angliya chempionati turnir jadvalida 24 turdan so'ng 47 ochko jamg'argan holda ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Bundan tashqari, jamoa CHempionlar ligasining 1/8 finaliga, Angliya Liga kubogi finaliga hamda mamlakat kubogining 1/16 finaliga yo'l olgan.
55 yoshli Xosep Gvardiola "Manchester Siti"ni 2016 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Uning qo'l ostida klub olti marta Angliya chempioni bo'ldi, ikki bor mamlakat kubogini, to'rt marta Liga kubogini va uch marta Angliya Superkubogini qo'lga kiritdi. SHuningdek, 2023 yilda "shaharliklar" CHempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o'rtasidagi jahon chempionati g'olibi bo'lishgan.
Fikrlar