06 jan 15:01
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" bosh murabbiy lavozimi uchun asosiy nomzodlarni belgilab oldi
Manba malumotlariga ko'ra, agar klub yangi murabbiyni tayinlashni yoz mavsumigacha qoldirishga qaror qilsa, mankunianlar Tomas Tuxel va Roberto De Zerbini ustuvor variantlar sifatida ko'rib chiqmoqda.
Ayni paytda Tomas Tuxel Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi hisoblanadi va JCH-2026da ham milliy jamoa bilan ishlaydi. Nemis mutaxassisi klub darajasida katta yutuqlarga erishgan, jumladan, CHempionlar Ligasini qo'lga kiritgan.
Roberto De Zerbi esa hozirda Franciyaning "Marsel" jamoasini boshqarmoqda. Jamoa Liga 1 da yuqori natijalar ko'rsatib, chempionatda etakchi o'rinlar uchun kurash olib bormoqda.
Eslatib o'tamiz, Ruben Amorim 5 yanvar kuni "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi lavozimidan ozod etilgan. Klub rahbariyati murabbiylik shtabi borasidagi keyingi qadamlarni tahlil qilishda davom etmoqda.
Fikrlar