20 dek 15:55
Yangiliklar
Futbol
"Manchester Yunayted" Dyumfrisni nishonga oldi
"Inter"ning 29 yoshli niderlandiyalik himoyachisi Denzel Dyumfris uchun "Manchester Yunayted”, "Aston Villa" va “Nyukasl" klublari kurash olib bormoqda.
Yaqinda to'pig'idan olgan jarohatiga qaramay, APL klublari futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Insayderlar malumotiga ko'ra, inglizlar Dyumfris bahorda jarohatidan forig' bo'lgach, uni kuzatib bormoqchi. Yozda voqealar ijobiy rivojlansa, shartnoma taklif qilish ko'zda tutilgan.
Dyumfris 2021 yildan beri "Inter"da o'ynamoqda. Himoyachi bu mavsumda 15 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.

Havola :
Fikrlar