12 jan 11:52
Yangiliklar
Futbol
"Manchester Yunayted" klubning antirekordini takrorladi
"Qizil iblislar" jamoaning 44 yillik antirekordini takrorlashdi.
"Manchester Yunayted" Angliya Kubogining uchinchi bosqichida (APL jamoalari uchun ilk bosqich) "Brayton"ga 1:2 hisobida yutqazdi. SHu tariqa, "Qizil iblislar" klubning 44 yil oldingi eng yomon rekordini takrorlashdi.
"Opta Sport" nashrining xabar berishicha, "Manchester Yunayted" 1981/82 mavsumidan beri birinchi marta Angliya Liga Kubogi va Angliya Kubogining birinchi o'yinidayoq mag'lub bo'ldi,
"Qizil iblislar" avvalroq Angliya Liga Kubogida quyi liga vakili "Grimsbi Taun"ga penaltilar seriyasida mag'lub bo'lgan edi.

Havola :
Fikrlar