23 fev 08:07
Yangiliklar
Futbol
"Manchester Yunayted" "Nyukasl"ning ikki futbolchisiga qiziqmoqda
"Manchester Yunayted" "Nyukasl" futbolchilari Sandro Tonali va Entoni Gordonni sotib olish variantini muhokama qilmoqda.
Gordonning "qizil iblislar" safiga o'tish summasi 109 mln evroni, Tonalining transferi esa 91,5 mln evroni tashkil etishi mumkin. Ammo, "qarg'alar" kelasi yozda hujumchi va yarim himoyachining ketib qolmasligi uchun barcha choralarni ko'rmoqchi. Bu holat bitimni qiyinlashtirishi mumkin.
Joriy mavsumda Tonali barcha musobaqalarda 41 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 5 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Gordon 37 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol urgan va beshta golli uzatmani amalga oshirgan.

Havola :
Fikrlar