11 jan 17:31
Yangiliklar
Futbol
"Manchester Yunayted”, "Real" va "Arsenal" greciyalik futbolchi uchun davogar
Greciyaning "Olimpiakos" klubi xavbeki Xristos Muzakitis transfer bozorida xaridorgir bo'lib turibdi.
Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar bermoqda. Jurnalistga malum bo'lishicha, 19 yoshli ijrochi xizmatiga Evropaning bir qator klublari, xususan "Manchester Yunayted”, "Real”, "Arsenal" va yana bir qancha jamoalar qiziqish bildirmoqda.
Greciyaliklar yarim himoyachini sotishdan 40 million evro ishlab olmoqchi. Xristosning o'zi bu qishda jamoani tark etishga tayyor. Muzakitisning narxi 25 million evroni tashkil etadi. Futbolchining "Olimpiakos" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozida yakuniga etadi.

Havola :
Fikrlar