13 sen 14:41
Yangiliklar
Futbol
"Manchester Yunayted" Ronalduning keyingi taqdiri bo'yicha bir qarorga keldi
MYU portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan shartnomani uzaytirishi mumkin, deb xabar berdi "Manchester Evening News".
Manbaga ko'ra, kelishuvni uzaytirishdan oldin mankunianlar rahbariyati portugaliyalikning roziligini olmoqchi.
37 yoshli Ronaldu joriy mavsum "Manchester Yunayted" safida 7 ta o'yinda maydonga tushdi va birorta ham gol urmadi va golli uzatmani amalga oshirmadi. Uning klub bilan bitimi bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Havola :
Manba : Manchester Evening News
Fikrlar