01 may 10:05
Yangiliklar
Futbol
Manchester Yunaytedning etakchisi yozda jamoani tark etishi mumkin
Manchester Yunayted sardori Brunu Fernandesh yozda jamoani tark etishi haqidagi savolga javob berdi.
«To'g'risini aytaman, agar Angliyadan ketish haqida o'ylasam, bu Evro-2024 dan so'ng sodir bo'ladi. Hozircha bor etiborimni Angliya kubogining finaliga qaratganman. Men uchun hozirda eng muhimi shu. Qolganini esa yozda o'ylab ko'raman», — degan Brunu.
Malumot uchun, portugaliyalik futbolchi 2020 yilning yanvar oyida Angliyaga ko'chib o'tgandi. Yarim himoyachi joriy mavsum barcha musobaqalarda 45 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 15 ta gol va 11 ta golli uzatma bor.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar