22 noy 08:42
Yangiliklar
Futbol
Maradonaning istefosi - 48 soat!
Argentinalik mutaxassis Diego Maradona "Ximnasiya La-Plata" klubiga qaytdi.
Uning istefosi 19 noyabr kuni rasmiylashtirilgandi. Gap klubning amaldagi rahbariyati va Maradonani jamoaga olib kelgan sobiq prezident Gabriel Pellegrino o'rtasida yuzaga kelgan kelishmovchiliklar edi.
Malum bo'lishicha, tomonlar o'zaro murosaga kelishdi va Maradona o'z vazifasiga qaytadigan bo'ldi. "Ximnasiya" klubi Maradona qo'l ostida 8 ta uchrashuv o'tkazib, 3 g'alaba va 5 mag'lubiyat qayd etgan.
Havola :
Fikrlar