20 dek 17:23
Yangiliklar
Futbol
Marat Omarov Qozog'iston futbol federaciyasi prezidenti etib saylandi
Poytaxtda QFFning navbatdan tashqari XXVII saylov konferenciyasi o'tkazildi va unda Marat Omarov prezident bo'ldi.
Uning nomzodi Ostona futbol federaciyasi tomonidan ilgari surilgandi.
Bu lavozimga Omarovdan tashqari futbol funkcioneri Altay Daumov va sport jurnalisti Erbol Kairov ham ariza topshirgan. Yana uch nomzod saylov oldidan o'z arizasini qaytarib olgandi.
Ovoz berish natijalariga ko'ra, Marat Omarov 34 ta, Altoy Daumov 2 ta ovoz olgan bo'lsa, Erbol Kairov birorta ham ovoz olmadi.
Omarov turli tashkilotlarda rahbarlik lavozimlarida katta tajribaga ega. 2022 yil avgust oyida u Qozog'iston Respublikasi Raqobatni himoya qilish va rivojlantirish agentligi raisi etib tayinlangandi.
U QFF rahbari sifatida shu yilning noyabr oyida tashkilotni tark etgan Adlet Barmenkulovning o'rnini egalladi.
Havola :
Manba : sports24.kz
Fikrlar