19 fev 14:16
Yangiliklar
Futbol
"Marsel" yangi murabbiy tayinlanganini elon qildi
48 yoshli mutaxassisning tayinlovi haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.
"Marsel" yangi bosh murabbiyi Xabib Beye bo'ldi. Senegallik murabbiyning oldingi ish joyi "Renn" bo'lib, u joriy oy boshida ushbu lavozimni tark etgandi.
Habib Beye futbolchi sifatida 2003 yildan 2007 yilgacha "Marsel" safida to'p tepgan. U "oq-ko'klar" rulida o'tgan hafta istefoga chiqqan Roberto De Zerbini almashtiradi.
"Marsel" 22 turdan keyin 40 ochko bilan Liga 1 turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda. Juma kuni jamoa chempionat doirasida safarda "Brest"ga qarshi o'ynaydi.

Havola :
Fikrlar