15 apr 13:51
Yangiliklar
Maskerano "Inter Mayami" bosh murabbiyi lavozimini tark etish sababini tushuntirdi
"Barchaga malum qilmoqchimanki, shaxsiy sabablarga ko'ra "Inter Mayami" bosh murabbiyi vazifasini tugatishga qaror qildim.
Avvalo klubga menga ishonch bildirgani uchun, har bir xodimga birgalikdagi say-harakatlari uchun, ayniqsa o'yinchilarga rahmat aytmoqchiman. Ular tufayli biz unutilmas lahzalarni boshdan o'tkazdik. SHuningdek, muxlislar va "La Familiya"ga rahmat, chunki ularsiz buning hech biri bo'lmas edi.
Qaerda bo'lsam ham bizning birinchi yulduzimizni (Maskerano davrida "Inter Mayami" MLS Kubogini yutgan) xotiramda saqlayman va klubga kelajakda barcha yaxshiliklarni tilayman. Klub muvaffaqiyatlarni davom ettirishiga shubham yo'q.
Barchangizga katta salom va hamma narsa uchun rahmat", — dedi Maskerano.

Fikrlar