28 may 14:41
Yangiliklar
Boks/MMA

"Matchroom Boxing" Murodjon Ahmadalievning sobiq raqibi bilan shartnomani bekor qildi
Amerikalik bokschi Daniel Roman endi "Matchroom Boxing" bilan hamkorliq qilmaydi.
Bu haqida bokschining asosiy promouterlik kompaniyasi "Thompson Boxing"ning tvitterdagi sahifasi xabar tarqatdi.
"Matchroom" Denni Romanning kelajagi bo'yicha qaror qabul qildi va biz buni hurmat qilamiz. Lekin, Dennining eng yaxshi janglari hali oldinda va biz buni ijobiy qabul qilamiz. Unga ishonishdan xech qachon to'xtamaymiz", - deyiladi xabarda.
Malumot uchun, Roman "Matchroom Boxing" kompaniyasi bilan sopromouterlik asosida hamkorlik qilardi.
Eslatib o'tamiz, Daniel Roman shu yilning yanvar oyida hamyurtimiz Murojon Ahmadalievga qarshi jang o'tkazib, WBA va IBF kamarlarini boy berib qo'ygandi.
Havola :
Manba : Boxer_TV
Fikrlar