09 mar 11:35
Yangiliklar

Maxachevning Rafael dos Anos bilan jangdan bosh tortgani sababi malum
Bu haqda engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni "CHas MMA" dasturining navbatdagi sonida gapirdi.
"Dana nima deganini eshitdingiz - Islom jangni qabul qilmadi. Men 75 kg vaznda jang qilishimni aytdim, u ham bu vaznni bajara oladi. Lekin u 77 kg dedi. Muammao yo'q, men rozi bo'ldim.
Men mashg'ulotdan so'ng o'z vaznimni ko'rdim va men allaqachon 77 kg edim. Ammo, ertasi kuni ertalab ular jangdan voz kechganini aytishdi. Ular meni 77 kg vazndagi jangda qatnashishimni kutmagan bo'lishsa kerak.
Rad etishning rasmiy sababi nima ekanligini bilmayman. Islam jang uchun bir million dollar so'raganini eshitdim. Har holda bizga shunday deyishdi", - dedi dos Anos.
Eslatib o'tamiz, 5 mart kuni Las-Vegasda bo'lib o'tgan UFC 272 turnirida Rafael dos Anos hamyurti Renato Moykanoga qarshi oktagonga ko'tarildi va besh raund davom etgan jangda g'alaba qozondi.
Fikrlar