30 mar 11:03
Yangiliklar
Tennis
Mayami "Masters" turnirida chempion aniqlandi
Dunyoning ikkinchi raketkasi Yannik Sinner AQSHning Florida shtati Mayami shahrida yakuniga etgan "Masters" turniri g'olibiga aylandi.
Italiyalik tennischi hal qiluvchi final uchrashuvida ATP reytingida 22-o'rinni egallab turgan chexiyalik Irji Lexechkani ikki setda ham bir xil hisobda mag'lubiyatga uchratdi - 6/4, 6/4. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob yanada yiriklashdi - 4:0.
To'qson to'rt daqiqa davom etgan bahsda Sinner 10, Lexechka 5 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Breyklar bo'yicha ustunlik ham tabiiyki, chempion tomonida bo'ldi - 2 ga 0. Yannik Indian-Uells "Masters" turnirida ham bosh sovrinni qo'lga kiritgan edi.

Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar