28 mar 14:29
Yangiliklar
Tennis
Mayami WTA-1000 turnirida 1/2 final juftliklari malum bo'ldi
AQSHning Mayami shahri mezbonlik qilayotgan nufuzli tennis turniri o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Umumiy mukofot jamg'armasi 8,9 million dollarni tashkil qiluvchi musobaqada 1/2 final juftliklari aniqlandi. Birinchi yarim final juftligida dunyoning sobiq birinchi raketkasi, belaruslik Viktoriya Azarenko ayni paytda WTA reytingida to'rtinchi o'rinni egallab turgan qozog'istonlik Elena Ribakinaga qarshi kortga chiqadi.
Ikkinchi 1/2 final juftligida dunyoning 16-raketkasi, rossiyalik Ekaterina Aleksandrova WTA reytingining 53-pog'onasidan joy olgan amerikalik Daniel Kollinzga qarshi bahs olib boradi. Musobaqaning amaldagi g'olibasi chexiyalik Petra Kvitova hisoblanadi. U o'tgan yilgi finalda qozog'istonlik Elena Ribakinani mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar