19 mar 12:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Mayk Tayson: Floydni to'liq qo'llab-quvvatlayman
Boks afsonasi Mayk Tayson Floyd Meyvezerning UFC jangchilariga qarshi jang qilishini qo'llab-quvvatladi.
“To'g'risini aytganda, bunday janglarni tashkil qilish ajoyib. Floyd bu ishni qilgan birinchi inson bo'ldi. Men uni to'liq qo'llab-quvvatlayman.Bokschi va MMA jangchisi o'rtasidagi janglarni ko'proq tashkil etish kerak”, - dedi Temir Mayk.
Eslatib o'tamiz, Floyd Meyvezer 2017 yilda ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregorga qarshi ringga ko'tarilgan va raqibini texnik nokaut evaziga mag'lub etgan edi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar