24 jan 12:20
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/27339_220.jpg)
Mayk Tayson Golovkin - Alvares revanshida favoritni ayta olmadi
Afsonaviy bokschi Mayk Tayson o'rta vazn qirollari qozog'istonlik Gennadiy Golovkin hamda meksikalik Saul Alvares o'rtasidagi revansh jangini orziqib kutayotganini aytdi.
Tayson bu ikki bokschi o'rtasida 2017 yilning 16 sentyabrida o'tkazilgan jangda Alvaresga muxlislik qilgandi. O'shanda Golovkin - Alvares jangi durang natija bilan yakunlangandi. Qoidaga ko'ra Golovkin chempionlik kamarini o'zida saqlab qolgan edi.
“O'tgan yilgi jangda Saul Alvaresga muxlislik qilgandim. Lekin Golovkin jangni durang bilan yakunlashga muvaffaq bo'lgandi. Revansh jangi kutilayotganidan ham qiziqarli bo'ladi. Bunga shubham yo'q. Ammo, bu jangda hech bir bokschini favorit sifatida ko'rsata olmayman”, - dedi Tayson.
Eslatib o'tamiz, Golovkin - Alvares jangi 15 may kuni bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar