25 iyu 12:45
Yangiliklar
Boks/MMA
Mayk Tayson Meyvezer - Makgregor jangi haqida fikr bildirdi
Afsonaviy bokschi Mayk Tayson orziqib kutilayotgan Konor Makgregor va Floyd Meyvezer o'rtasidagi jang yuzasidan o'z fikrini bildirdi.
Superog'ir vazn toifasida sobiq mutloq jahon chempionining fikricha, bo'lajak jangda Floyd Meyvezerning g'alabasiga hech qanday shubha yo'q.
“Makgregor er bilan bitta bo'ladi. Uning butun dunyo oldida izza bo'lgani qoladi. Men boshida jang MMA qoidalari asosida o'tkaziladi, deb o'ylagandim.
SHubham yo'qki, Makgregor bu jangda nokautga uchraydi. Meyvezer bolaligidan boks bilan shug'ullanadi. MakKonor esa o'zining yaxshi ko'rgan uslublari - oyoq zarbasi va parterda ushlashdan foydala olmaydi. Demak, unda hech qanday imkoniyat qolmaydi”, – dedi Tayson.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar