09 avg 16:56
Yangiliklar
Boks/MMA

Mayk Tayson Ruis - Joshua revansh jangiga taxminini aytdi
Sobiq mutloq jahon chempioni Mayk Tayson superog'ir vaznda WBA, WBO, IBF va IBO kamarlari sohibi Endi Ruis hamda sobiq jahon chempioni Entoni Joshua revansh jangi haqida fikr bildirdi.
"Bir necha kun avval Endi Ruis bilan uchrashishga muvaffaq bo'ldim. Suhbatimiz qiziqarli ruhda kechdi. U ajoyib inson. Ruis Joshuani mag'lub etishni bir bor uddaladi, demak ikkinchi marta bu ish uning qo'lidan keladi", - dedi Tayson.
Eslatib o'tamiz, Ruis va Joshua o'rtasidagi ilk jang 1 iyun kuni o'tkazilib, unda Endi nomdor raqibini ettinchi raundda texnik nokautga uchratgan edi.
Havola :
Fikrlar