01 iyu 08:22
Yangiliklar
Boks/MMA
“Mayk Taysonning jangdan omon chiqmasligidan xavotirdaman”
Britaniyalik bokschi Dillian Uayt WBC prezidenti Maurisio Suleymaning Mayk Taysonga chempionlik jangi tashkil qilib berishga tayyor ekanligi haqidagi gaplariga o'z fikrini bildirdi.
“Bu ahmoqona qaror. Men uch yildan beri rasmiy davogarman, qanday qilib Taysonga bundan imkoniyat berish mumkin. O'ylayapsizlarmi? Qanday qilib ikki Tayson o'zaro jang qiladi? Sizlar Maykning ringda o'lishini istayapsizlarmi?
Bu jangdan Taysonning omon chiqmasligi mumkin. Maykning hozirgi holati aldamchi bo'lishi mumkin, uni yosh bokschiga qarshi jang qildirmaslik kerak. Unga nimadir bo'lishidan xavotirdaman”, - dedi Uayt.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar