26 fev 17:25
Yangiliklar
Futbol

Mbappe, Kurtua va Valverde "Real"ning bugungi o'yinini o'tkazib yuboradi
Madridning "Real" klubiga "Real Sosedad" bilan bo'lib o'tadigan Ispaniya kubogi yarim finalida bir qator futbolchilar yordam bera olmaydi.
Bu haqda "qirollik klubi" matbuot xizmati xabar berdi. "Qaymoqranglilar" dastlabki o'yin uchun qaydnomasini malum qildi. Unga hujumchi Kilian Mbappe, yarim himoyachi Federiko Valverde, darvozabon Tibo Kurtua va himoyachi Xesus Valexo kiritilmadi. Malum bo'lishicha, Mbappe tishi olib tashlangani sababli o'yinda ishtirok etmaydi. Jamoa ustozi Karlo Anchelotti francuzga dam berishga qaror qildi.
"Real Sosedad" - "Real" uchrashuvi bugun, 26 fevral kuni San-Sebastyanda bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : realmadrid.com
Fikrlar