18 apr 14:39
Yangiliklar
Mbappening bir gapidan so'ng "Barselona" va PSJ vakillari o'rtasida 60 kishilik janjal yuzaga keldi
Olimpiya stadionida o'tgan CHempionlar ligasi chorak final javob o'yinidan (1:4) so'ng PSJning bazi vakillari futbolchi va muxlislarga kesatiq gaplar bilan murojaat qilishdi.
Ulardan biri Kilian Mbappe bo'ldi. U jamoadoshlariga bir nimalar deb baqirib, g'alabani qasos olingandek nishonladi. Bahsdan so'ng futbolchi muxlislarga qarab "olg'a" deb qichqirdi va bu ishqibozlarning g'azabiga sabab bo'ldi.
SHu bilan birga Mbappe tribunaosti yo'lagida quyidagi gapni aytdi: "Bu futbol, maydonda gapirish kerak".
Bu "Barselona"ning bazi vakillariga yoqmadi. SHundan so'ng Kataloniya klubining futbolchilari franciyalikka yuzlanishdi. Tez orada ko'pchilik ishtirokida katta janjal yuzaga keldi.
Janjalda 60dan ortiq kishi ishtirok etdi: futbolchilar, murabbiylar, assistentlar va qo'riqlash xizmati vakillari. Ammo ularning hech biri jiddiy jarohat olgani yo'q.
Fikrlar