24 apr 13:29
Yangiliklar
Futbol
Mbappening maoshidan ko'proq? Vinisius "Real" bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi
"Real Madrid" futbolchisi Vinisius Junior klub bilan yangi uzoq muddatli shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi.
Tomonlar hali rasman yangi kelishuvga imzo chekishmagan, biroq tomonolar allaqachon shartnomaning so'nggi detallarini hal qilib ulgurishgan, deb xabar berdi Sky Sports jurnalisti Florian Plettenberg o'zining X ijtimoiy tarmoq sahifasida.
Manbaning so'zlariga ko'ra, Vinisiusning shartnomasi uzaytirilgandan so'ng ham "Real Madrid"da eng ko'p maosh oladigan futbolchiga aylanmaydi. Uning daromadi Kilian Mbappenikidan kamroq bo'ladi.
Avvalroq OAV uning amaldagi shartnomasi bo'yicha Vinisius yiliga 25 million evro, Mbappe esa 32 million evro maosh olishi haqida xabar bergan edi.

Havola :
Fikrlar