10 fev 07:03
Yangiliklar
Mbappening onasi "Real"da asosiy tarkibdagi 8 nafar o'yinchidan ko'proq pul topadi
Bu haqda "A Bola" xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, Lamarining maoshi "qaymoqranglilar" asosiy jamoasidagi bir yo'la 8 nafar futbolchining ish haqidan yuqori. Qayd etilishicha, klubda undan kam maosh oladiganlar qatoriga Andrey Lunin, Fran Garsiya, Raul Asensio, Arda Gyuler, Franko Mastantuono, Braim Dias, Gonsalo Garsiya va Endrik kiradi.
SHuningdek, Mbappe onasining maoshi futbolchining o'zi oladigan ish haqining taxminan 30 foizini tashkil etishi malum qilingan. "A Bola" malumotiga ko'ra, Mbappe bir mavsumda 15 mln evro maosh oladi.
Takidlanishicha, Lamari boshida o'g'lining menejeri sifatida uning maoshining 50 foizini olishni rejalashtirgan, biroq forvard bunday variantni rad etgan va oxir-oqibat o'zi uchun yanada foydali shartlarni kelishib olgan.
Fikrlar