29 jan 15:48
Yangiliklar
Futbol
Media-futbol: "Unwanted Boys" azosi SHahriyor Jabborov faoliyatini Rossiyada davom ettiradi
O'zbekistonning etakchi media-futbol klubi "Unwanted Boys" o'z sahifalarida SHahriyor Jabborov bilan xayrlashdi.
U-20 Osiyo chempioni bo'lmish SHahriyor 2023 yilda doping aniqlanganidan so'ng media-futboldagi faoliyatini aynan "Unwanted Boys"da boshlagan edi.
Malum qilinishicha, 22 yoshli vinger endilikda media-futbol bo'yicha Rossiyaning mashhur "Amkal" klubiga borib qo'shiladi.
"Amkal" o'tgan mavsumda media-ligadan tashqari Rossiya kubogida ham qatnashib, to'rtinchi bosqichga qadar etib borgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar