16 mar 11:52
Yangiliklar
Tennis

Medvedev BNP Paribas Open finaliga chiqa olmadi
AQSHning Indian-Uells shahrida ATP 1000 toifasiga kiruvchi "Masters" turniri davom etmoqda.
Dunyoning oltinchi raketkasi Daniil Medvedev musobaqaning 1/2 finalida ATP reytingining 13-pog'onasida borayotgan daniyalik Xolger Runega biroz kutilmaganda 5/7, 4/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Roppa-rosa 100 daqiqa davom etgan bahsda Rune 1, Medvedev 2 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Xolger 3 ta breykka erishib, 2 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Bu 21 yoshli Runening ATP turnirlaridagi 150-g'alabasi bo'ldi. Medvedev bu yilgi mavsumda hali finalga chiqa olmadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar