02 may 12:32
Yangiliklar
Tennis

Medvedev Madrid "Masters" 1/4 finalida to'xtatildi
Dunyoning 10-raketkasi Daniil Medvedev Madrid "Masters" turnirining 1/4 finalida mag'lubiyatga uchradi.
Rossiyalik tennischi reytingning 15-pog'onasida borayotgan norvegiyalik Kasper Ruudga 3/6, 5/7 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Kasper tennischilarning o'zaro to'rtinchi uchrashuviga kelibgina ilk g'alabasini qo'lga kiritdi - 1:3.
Roppa-rosa 100 daqiqa davom etgan bahsda Medvedev 1, Ruud 2 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Breyklar bo'yicha ustunlik tabiiyki, g'olib tennischi tomonida bo'ldi - 2 ga 0. Bugun Kasper Ruud final chiptasi uchun argentinalik Fransisko Serundologa qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar