17 iyu 11:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Meksikalik chempion Lomachenkoni ringga chorladi
Meksikalik bokschi Migel Berchelt (32-1, 28 KO) yakshanba kuni yaponiyalik Takashi Miura (31-4-2, 24 KO)ni mag'lub etib, ikkinchi yarim engil vazn toifasida o'ziga tegishli bo'lgan WBC chempionlik kamarini himoya qilgandi.
AQSHning Kaliforniya shtati Inglvud shahrida o'tkazilgan o'sha jangdan so'ng Berchelt ukrainalik chempion Vasiliy Lomachenkoni ringga chorladi.
“Men o'z vazn toifamning eng kuchlilari bilan jang qilishga tayyorman. SHu kungacha bu vaznning eng kuchlilari hisoblangan Fransisko Vargas va Takashi Miurani mag'lub etdim. Endi navbat Vasiliy Lomachenkoga”, – dedi Berchelt.
Malumot uchun, Lomachenko 5 avgust kuni WBO chempionlik kamarini kolumbiyalik Migel Marriagadan himoya qiladi. Hozircha Lomachenko meksikalik chempionning chorloviga hech qanday munosabat bildirmadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar