27 apr 13:11
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/116128_220.jpg)
"Men unga nisbatan chempionlik jangiga haqliroqman!"
UFC jangchisi Petr Yan o'zi va Aldajmeyn Sterlingni solishtirdi.
“Sterling - yaxshi jangchi. U chempionlik jangiga haqli, lekin fikrimcha, men undan ko'ra ko'proq bu bahsga haqlidekman. Mening g'alabali janglarim seriyasi ko'proq va yorqinroq. Hozircha menda navbatdagi jang uchun raqib bor. Morales avvalroq Sterlingga qarshi jang qilib, uni nokaut qilishga erishgandi. Agar Marlon bilan barchasini hal qilsam, keyingi jangim aniq chempionlik uchun bo'ladi”, - dedi Yan.
Eslatib o'tamiz, Yanning vaznidagi UFC chempioni Genri Cexudo bir necha bor unga qarshi jang qilish niyati yo'q ekanligini aytgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar