24 mar 11:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Menejer Usik Ukrainani tark etgani haqida xabar bergan jurnalistga keskin javob qaytardi
Aleksandr Usikning menejeri Egis Klimas jurnalist Mayk Koppinjerni keskin tanqid qildi.
Avvalroq, Koppinjer Usik Entoni Joshuaga qarshi revansh jangiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida Ukraina sport vazirligidan ruxsat olib, mamlakatni tark etganini malum qilgan edi.
"Sen mening jangchilarim haqida noto'g'ri axborot tarqatishni to'xtatishing kerak. Jangchilarimdan uzoqroqda yur. Senga bir gap aytsam, aqlli. Usik uch o'g'ilning otasi sifatida mamlakatdan chiqib ketish uchun maxsus ruxsat olishga majbur emas. Bu ukrain qonunchiligidagi norma. Nimadir yozmoqchi bo'lsang, avval tekshir", - deb yozgan Klimas Tvitter sahifasida.
Havola :
Manba : Сhampionat.com
Fikrlar