02 iyu 10:09
Yangiliklar
Menni Pakyao chempionlik kamarini boy berib qo'ydi
Hozirgina yakuniga etgan shiddatli jangda 38 yoshli Pakyao (59-7-2, 38 KOs)ning avstraliyalik 29 yoshli Jeff Xorn (17-0-1, 11 KOs)ga qarshi ringga ko'tarildi. Avstraliyaning Brisben shahridagi stadionda, 40 000 dan ziyod muxlis ko'z o'ngida o'tgan jang 12 raund davom etdi.
Menni yarim o'rta vazn toifasining WBO yo'nalishida amaldagi jahon chempioni hisoblanardi. Yakunda g'olib nomi ochkolar hisobiga ko'ra aniqlandi. Uchchala hakam ham bir ovozdan 117-111, 115-113, 115-113 hisobida g'alabani Xornga taqdim etishdi.
SHu tariqa, Menni Pakyao o'ziga tegishli bo'lgan chempionlik kamarini boy berib qo'ydi. O'n ikki raund davom etgan jangda gavda jihatidan ustunlikka ega bo'lgan mezbon bokschi tarixiy g'alabaga erishdi.
Fikrlar