18 avg 11:04
Yangiliklar
Boks/MMA

Menni Pakyao: “Makgregor bitta ham zarba bera olmasa kerak”
Filippinlik mashhur bokschi Menni Pakyao 26 avgust kuni o'tkaziladigan Floyd Meyvezer va Konor Makgregor o'rtasidagi jang yuzasidan o'z fikrini bildirdi.
“Makgregor bu maktabdan emas. Balki, unga omad kulib boqar. Lekin g'alabaga unda hech qanday imkoniyat yo'q. U xatto Meyvezerni muvozanatdan chiqarishi mumkin bo'lgan tayinli zarba ham yo'llay olmaydi. CHunki, Makgregorda professional boksdagi tajriba yo'q”, – dedi Pakyao.
Malumot uchun, filippinlik bokschi 2015 yili hakamlarning qaroriga ko'ra Floyd Meyvezerga imkoniyatni boy berib qo'ygan edi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar