13 iyu 14:36
Yangiliklar
Futbol

Messi 6 o'yinda 11 ta gol urdi
Lionel Messi 6 o'yinda 11 ta gol urib, MLS rekordini takrorladi.
Bunga qadar 2018 yilning 4 iyulidan 4 avgustiga qadar "Atlanta Yunayted" safida gol urgan Jozef Martines bunday natijaga erishgan edi. Hozirda 32 yoshli Venesuela terma jamoasi forvardi "San-Xose Ertkueyks" sharafini himoya qilmoqda.
Bugun Messi ketma-ket 5-o'yinda dubl qayd etib, liga rekordini yangiladi. "Inter Mayami" hujumchisi mavsum to'purarlari poygasida 1-o'rinni bo'lishib turibdi.
Havola :
Fikrlar