06 jan 14:38
Yangiliklar
Futbol

Messi Argentina termasiga qaytishi mumkin
Argentina terma jamoasi Venesuelaga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazmoqchi.
"Marca" xabariga ko'ra, o'yin 22 yoki 26 mart kuni aynan "Kamp Nou"da bo'lib o'tadi. Undan tashqari "Vanda" yoki "Santyago Bernabeu"da ham bo'lishi mumkin.
Aytilishicha, ushbu bahsda Leo Messi ham ishtirok etishi mumkin. Argentina termasi rahbariyati bu borada Messi bilan muzokara olib bormoqda.
Jahon chempionatida Franciyaga 3:4 hisobida mag'lub bo'lganidan keyin Messi Argentina termasi libosini kiyganicha yo'q. Bu uning mundialdan keyin vatani termasi safidagi ilk o'yini bo'lishi mumkin.
Malumot uchun, Leo Messi 2005 yildan buyon Argentina terma jamoasi safida 58ta o'yinda maydonga tushib, 29ta gol urdi va 16 golga assistentlik qildi.
Havola :
Fikrlar