16 iyu 13:41
Yangiliklar
Futbol

Messi Argentinaning mag'lubiyatiga izoh berdi
Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi bugungi Kolumbiyadan qabul qilingan mag'lubiyat (0:2) haqida gapirdi.
"O'yinda biz uchun ijobiy bo'lgan bir necha holatlarni ajratib berish mumkin. Ammo boshni baland ko'tarish kerak. Turnirning asosiy qismi hali oldinda.
Kolumbiyaliklar to'p bilan yaxshi ishlashdi. Ammo biz yaxshi o'ynayotgan vaqtimizda ular vaziyatlardan foydalanib ketishdi. Bungacha ular darvozamiz oldida yuz foizlik vaziyatlar yarata olishmayotgandi.u
Mag'lubiyat bizga dars bo'lishi kerak. Agarda Paragvayni mag'lub eta olsak, o'z holatimizni yaxshilab olamiz", - dedi Messi.
Havola :
Fikrlar