27 fev 10:18
Yangiliklar
Messi Ispaniya terma jamoasi safida o'ynashi mumkin bo'lgan
Argentinalik futbolchining so'zlariga ko'ra, Ispaniya futbol federaciyasi vakillari uni bu taklifni qabul qilishga ko'ndirishga uringan.
"Malum bir paytda Ispaniya terma jamoasi men bilan bog'landi. Ular meni fikrimdan qaytarishga harakat qilishdi. Men argentinalikman, lekin Barselonaga juda yosh paytimda kelganman. Ispaniya uchun o'ynash imkoniyati bor edi, ammo men har doim Argentina sharafini himoya qilishni istaganman", – dedi Messi.
Messi Argentina terma jamoasi safida 2005 yil 17 avgust kuni Vengriyaga qarshi o'yinda debyut qilgan. O'shanda u 64-daqiqada maydonga tushgan, ammo bir daqiqadan keyin qo'pol o'yin uchun maydondan chetlatilgan.
Murakkab startga qaramay, Messi milliy jamoa safida 196 o'yin o'tkazib, 115 ta gol urgan. Terma jamoa tarkibida u ikki marta Amerika Kubogini qo'lga kiritgan, shuningdek, 2022 yilda jahon chempioniga aylangan.
Fikrlar