So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

29 okt 17:18
Yangiliklar

Futbol

Messi sportdagi eng buyuk atletlar haqida gapirdi

Bu haqida NBC nashri xabar berdi.

Argentina terma jamoasi va "Inter Mayami" azosi Lionel Messi o'zining ro'yxatiga serbiyalik tennischi Novak Jokovich va amerikalik basketbolchi Lebron Jeymsni kiritdi. 

"Biz argentinaliklar uchun [Diego] Maradona hamma vaqt kumir bo'lgan va eng zo'ri sifatida gavdalangan. Men kichkina bolakayligimda uning o'yinlarini jonli tomosha qilganman. Diego barcha malum darajalardan ustun edi", — dedi Messi.

"Men [Rodjer] Federer, Rafa [Nadal] va [Novak] Jokovich kabi tennischilarni qattiq hurmat qilaman hamda ularning uchalasi o'z sport turini darajasi oshishiga munosib ulush qo'shgan, deb o'ylayman. Ular eng kuchli davrlarida elkama-elka bahslashish orqali ham kuchayib borishgan. Balki men bazi sportchilarni unutayotgandirman, ammo yana kimlarnidir aytib o'tish kerak bo'lsa — Lebron [Jeyms], Stef [Karri] ham eng yaxshilar qatorida. Ularga shunchaki qoyil qolaman, har biri o'ziga xos tarzda sportga nimadir bera olgan", — qo'shimcha qildi Leo.

Maradona JCH-1986 g'olibi, Federer — katta dubulg'a turnirlarining 20 karra chempioni, Nadal — 22 karra chempion, Jokovichda bunday chempionlik unvonlari esa 24 tani tashkil qiladi. Jeyms "NBA" — Milliy basketbol associaciyasining to'rt karra chempioni hisoblanadi va Karrida ham xuddi shuncha chempionlik unvoni bor.

Leo Messining o'zi hozirda 38 yoshda 2023 yildan buyon AQSHning "Inter Mayami" klubi sharafini himoya qiladi. Faoliyatining eng yorqin qismida Messi Ispaniyaning "Barselona" va Franciyaning PSJ klublari safida to'p tepgan. Argentinalik 8-karra "Oltin to'p" sohibi bo'lish bilan birga, terma jamoasi bilan 2022 yili mundialda g'olib bo'lgan, Amerika Kubogini (2021, 2024 yillar), Finalissimani (Evropa va Amerika Kubogi chempionlari o'rtasidagi to'qnashuv — 2022 yilda o'tkazilgan) hamda Olimpiya o'yinlari (2008) g'olibi sanaladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing