22 mar 15:51
Yangiliklar
Futbol
Messi umumiy guruhga qaytishga yaqin
Argentinalik futbolchi individual mashg'ulotlarni boshladi.
Amerikaning "Inter Mayami" klubi hujumchisi Lionel Messi jarohatidan tiklanishga qaytishga yaqin, deb xabar beradi "Olé".
Xabar qilinishicha, argentinalik mutaxassis fizioterapevt nazorati ostida individual dastur bo'yicha mashg'ulotlarni boshlagan. Messi aprel oyida umumiy guruhga qaytadi.
Eslatib o'tamiz, Lionel Messi jarohati tufayli Argentina terma jamoasining keyingi ikki o'yinida – 23 mart kuni Salvador termasiga qarshi va 26 mart kuni Kosta-Rika termasiga qarshi o'yinda maydonga tushmaydi. Har ikki uchrashuv AQSHda bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : Olé
Fikrlar