22 fev 16:29
Yangiliklar
Futbol

Messidan dastxat olgan hakam jazolandi
Lionel Messidan avtograf olgan referini jazolashdi.
KONKAKAF CHempionlar Kubogi birinchi doira bahsida "Inter Mayami" "Kanzas Siti"ni 1:0 hisobida taslim qildi.
O'yindan so'ng uchrashuv bosh hakami Marko Antonio Ortis Nava Messidan imkoniyati cheklangan qarindoshi uchun avtograf so'ragan. KONKAKAF meksikalik hakamga nisbatan intizomiy jazo qo'llagan.
"Hakamning xatti-harakatlari Konfederaciyaning o'yin rasmiylariga nisbatan odob-axloq qoidalariga va bunday so'rovlar bo'yicha amaldagi tartiblarga to'g'ri kelmadi”, — deyiladi tashkilot bayonotida.
Hakamga qanday jazo berilgani aniq emas, ammo referi o'z harakatlari uchun barcha aybni bo'yniga olgani aytilmoqda.
Havola :
Fikrlar