13 may 12:34
Yangiliklar
Messining "Inter Mayami" bilan yangi shartnomasi bo'yicha maoshi malum bo'ldi
Bu malumot mlsplayers.org saytida elon qilingan hisobotda keltirilgan.
Argentinalikning 2026 yilgi mavsum uchun maoshi 28,3 million dollarni tashkil etadi. Reytingning ikkinchi o'rnida "Los-Andjeles" hujumchisi Son Xin Min (11,1 mln dollar), uchinchi o'rinda esa "Inter Mayami" azosi Rodrigo De Paul (9,7 mln dollar) bor.
"Vankuver Uaytkeps" futbolchisi Tomas Myullerning mavsumdagi maoshi 5,2 million dollar atrofida, "Atlanta Yunayted" yarim himoyachisi Aleksey Miranchukniki esa 5,1 million dollarga yaqin.
Messi 2023 yildan buyon "Inter Mayami"da o'ynamoqda. Ushbu klub safida u MLSning doimiy chempionati va pley-off g'olibi bo'lgan, shuningdek, Liga kubogini yutib, chempion bo'lgan. Argentinalikning Florida klubi bilan shartnomasi 2028 yil oxirigacha mo'ljallangan.
Fikrlar