26 may 11:20
Yangiliklar
Messining jarohat jiddiymi? "Inter Mayami" futbolchining holati haqida malumot berdi
Argentinalik futbolchi MLS muntazam chempionati doirasidagi "Filadelfiya Yunion"ga qarshi o'yinning (6:4) 73-daqiqasida zaxiraga olindi. Leo o'zi zaxiraga olinishini so'radi va maydonni tark etgach, to'g'ri kiyinish xonasiga yo'l oldi.
"Qo'shimcha tibbiy ko'riklardan so'ng dastlabki tashxis chap tizza osti payidagi mushaklar toliqishi bilan bog'liq zo'riqishni ko'rsatmoqda.
Messining jismoniy yuklamalarga qaytish muddatlari uning klinik o'sishi va funkcional yaxshilanishiga bog'liq bo'ladi", — deyiladi bayonotda.
38 yoshli Messining 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadigan jahon chempionatida ishtirok etishi kutilmoqda. Argentina guruhda Jazoir, Avstriya va Iordaniya bilan o'ynaydi.
Fikrlar