21 dek 17:30
Yangiliklar
Futbol
"Metallurg" yangi mavsumni Superligada o'tkazmaydi
SHu kungacha Bekobodning "Metallurg" klubi Superliganing yangi mavsumida ishtirok etishi so'roq ostida bo'lib turgan edi.
PFL rasmiy saytining xabar berishicha, tashkilot klubning 100% lik ulushiga egalik qiluvchi "O'zmetkombinat AJ"ga murojaat qilib, 24 dekabr sanasiga qadar klubning Superligadagi kelgusi ishtiroki borasida aniq javob so'ragan.
"O'zmetkombinat" 20 dekabr kuni ushbu savolga "Metallurg" yangi mavsum O'zbekistonning oliy ligasida ishtirok etmasligini malum qilgan. Javob xatida tashkilotning klubga homiylik mablag'i ajratishi to'xtatilgani va buning sabablari batafsil tushuntirilgan.
Eslatib o'tamiz, "Metallurg" yakunlangan mavsumda Superligada jon saqlab qolish uchun pley-off bahslarini muvaffaqiyatli yakunlagan edi.
Havola :
Manba : UzPFL
Fikrlar