17 apr 13:19
Yangiliklar
“Metallurg” klubini yopib yuborgan shaxs Interpol qidiruviga berildi
Bu haqda platforma.uz xabar berdi.
"O'zmetkombinat" AJ boshqaruvining sobiq raisi Ahmedov Dilshod Tursunqulovichga nisbatan juda ko'p miqdordagi davlat mulkini talon-toroj qilganligi holati yuzasidan xalqaro qidiruv elon qilingan.
Manbalarga ko'ra, hozirgi kunda "O'zmetkombinat" AJning moliyaviy-xo'jalik faoliyati tergov organlari tomonidan tekshirilmoqda.
Dilshod Axmedov 2024 yil 16 oktyabrda “O'zmetkombinat” AJ boshqaruv raisi etib tayinlangan. 2024 yil dekabr oyida “Metallurg” futbol klubi faoliyatini to'xtatib qo'ygan. 2025 yil avgust oyida lavozimidan ozod etilgandi. Undan avval esa u Investiciyalar, sanoat va savdo vaziri o'rinbosari, “O'zmetkombinat” AJ boshqaruvi raisining birinchi o'rinbosari kabi lavozimlarda ishlagan.

Fikrlar