30 avg 09:19
Yangiliklar
Boks/MMA
Meyvezer bilan jang qilgan bokschi UFCda chempion bo'lmoqchi
Professional boksning ikkinchi yarim o'rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Andre Berto o'zini aralash qoidalar yo'nalishi, yani UFCda sinab ko'rmoqchi.
Andre Berto Floyd Meyvezerning boks bo'yicha o'tkazgan so'nggi jangidagi raqibi hisoblanadi. Berto boksdan aralash qoidalarga o'tib, bu yo'nalishda UFC chempioni bo'lishni maqsad qilgan.
“UFC prezidenti Dana Uaytga ayting, u menga qo'ng'iroq qilsin. Men UFCda jang qilishga tayyorman. Aralash qoidalar yo'nalishida jahon chempionligiga erishgan birinchi bokschi bo'lishni istayman”, - dedi Berto.
Eslatib o'tamiz, Floyd Meyvezer 26 avgust kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida aralash qoidalar chempioni Konor Makgregorni o'ninchi raundda texnik nokautga uchratgan edi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar