25 may 14:56
Yangiliklar
Boks/MMA

"Meyvezer bilan jang Saul Alvaresning faoliyatiga nuqta qo'yishi mumkin edi"
WBC prezidenti Maurisio Suleyman Saul Alvares haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.
"Alvares o'z nomini yaratish uchun haliyam mehnat qilmoqda. U yosh, faol va buyuk bokschi bo'lish istagida yonmoqda. Saul xatolardan hulosa chiqarishi menga yoqadi. Masalan, u Floyd Meyvezerga qarshi jang qilganida juda yosh edi. Mag'lubiyat uning faoliyatiga nuqta qo'yishi mumkin edi.
Lekin Saul qayta oldi. U Meyvezer bilan jangdan to'g'ri saboq oldi va raqobatbardosh sportchiga aylandi. O'ylaymanki, u faoliyatini tugatgunicha boks tarixidagi eng yaxshi jangchilardan biri bo'ladi", - dedi Suleyman.
Eslatib o'tamiz, Saul Alvares 2013 yilda Floyd Meyvezerga qarshi jang qilgan va o'shanda faoliyatida hozircha yagona bo'lib turgan mag'lubiyatini qabul qilib olgan.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar