28 iyu 16:25
Yangiliklar
Boks/MMA
Meyvezer Bronerni qo'llab-quvvatlash uchun mashg'ulotlarini to'xtatib turadi
Floyd Meyvezer o'z bokschisi Edrien Bronerni Mayki Garsiyaga qarshi jangda qo'llab-quvvatlash uchun mashg'ulotlarni to'xtatib turishga qaror qildi.
Broner - Garsiya jangi 29 iyul kuni Nyu-Yorkda bo'lib o'tadigan boks kechasining markaziy jangi hisoblanadi. Meyvezer ayni paytda Las-Vegasdagi zalida Konr MakGregorga qarshi jangga tayyorgarlik ko'rmoqda. Lekin, u o'z promouterlik kompaniyasiga qarashli bokschini qo'llab-quvvatlash uchun shaxsiy samolyotida Nyu-Yorkka uchib borishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, Meyvezerning MakGregorga qarshi jangi 26 avgust kuni bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : TMZ
Fikrlar