14 avg 18:35
Yangiliklar
Boks/MMA
Meyvezer g'alaba qozonsa, aka-uka Maluflar 160 000 dollar ishlab olishadi
Amerikalik aka-uka tadbirkorlar Gevin va Jo Maluflar Floyd Meyvezerning g'alabasiga 880 000 dollar tikishdi.
Agar Konor Makgregorga qarshi kechadigan jangda Floyd g'alaba qozonsa, Maluflar 160 000 dollar ishlab olishadi. Foyda qilingan summani esa ular xayriya ishlariga sarflashlarini malum qilishdi.
“Men ukamga qo'ng'iroq qilib, Floydning g'alabasiga pul tikishimiz kerakligini aytdim. O'ylaymanki, bo'lajak jangda Meyvezer g'alaba qozonadi. Baribir u kuchli ko'rinyapti”, - dedi Gevin Maluf.
Aka-uka Maluflar dunyoga mashhur Palms Casino Resort
kazinosining sobiq egalari hisoblanishadi. Ular “Sakramento Kingz” basketbol
klubini 2013 yili Vivek Ranadivga 534 million dollarga sotishgan edi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar