18 avg 12:57
Yangiliklar
Boks/MMA
Meyvezer - Makgregor jangi hakamlarining gonorarlari malum
26 avgust kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida uzoq kutilgan professional boks shousi bo'lib o'tadi.
Unda amerikalik engilmas bokschi Floyd Meyvezer UFC chempioni irlandiyalik Konor Makgregorga qarshi ringga ko'tariladi. Nevada shtati Atletik komissiyasi qaroriga ko'ra ushbu jangda Robert Byord hakamlik qiladi.
Ring atrofidan uch nafar hakam - italiyalik Gvido Kavalleri, amerikalik Deyv Moretti va Bert Klements joy olgan. Byord ringdagi xizmati uchun 25 000 dollar oladi. Qolgan uch hakam esa 20 000 dollardan gonorarga ega bo'ladi.
Havola :
Fikrlar