15 iyu 17:00
Yangiliklar
Boks/MMA
Meyvezer - Makgregor jangi shartnomasida revansh haqida band yo'q
Showtime telekanali vice-prezidenti Stefen Espinozaning aytishicha, Floyd Meyvezer va Konor Makgregor o'rtasidagi jang shartnomasida revansh haqidagi band yo'q.
“SHartnomada revansh jangini o'tkazish haqida hech qanday band yo'q. Bu masalada tomonlar ilk muzokaralar chog'idayoq gaplashishgan. Lekin o'shanda revansh jangiga hech bir tomon qiziqish bildirmagandi”, – dedi Espinoza.
Malumot uchun, aynan ushbu Showtime telekanali Meyvezer va Makgregor o'rtasidagi jang translyaciyasi huquqini sotib olgan.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar